Angliyada bakalavr, Kanadada magistr: O‘zbek qizi hikoyasi

18 yoshida turmushga chiqishga majburlashgan, ammo chet elda o‘qishni tanlagan Sevara Yo‘ldoshevaning ilhomlantiruvchi muvaffaqiyat hikoyasi bilan tanishing.

4
Angliyada bakalavr, Kanadada magistr: O‘zbek qizi hikoyasi

Sevara Yo‘ldosheva: Orzular sari qat’iy qadamlar

“Mikrofon – qizlarda” loyihasining navbatdagi qahramoni Sevara Yo‘ldosheva – farg‘onalik, ayni paytda “University Canada West” universitetida biznes boshqaruvi yo‘nalishining magistratura bosqichida tahsil oladi. U bakalavr bosqichini Londonda tamomlagan, 4 ta tilda erkin so‘zlasha oladi.

“OTMdan 2 marta yiqildim...”

Farg‘onada akademiklar oilasida katta bo‘lganman. Onamning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi sabab bizni ham juda erta turli kurslarga yuborishgan. Maktabni tugatib, kirish ballari yo‘nalishlar kesimida tahlil qilingan xorijiy til yo‘nalishiga 2 marta hujjat topshirdim, biroq imtihonlardagi nohaqliklar sabab kira olmadim.

“18 yoshda turmushga bermoqchi bo‘lishgan”

Universitetga kira olmaganimdan keyin chet elda o‘qish istagim yanada kuchaydi. Qarindoshlarim “xorijda o‘qib nima qiladi, turmushga beramiz” deyishgan bo‘lsa-da, men o‘z maqsadim sari intildim. 18 yoshimda Londonga ketdim va Southampton Solent University’ga o‘qishga kirdim.

“O‘qish pulini to‘lash uchun kechasi ishlardim”

O‘qish davomida 3 yil do‘konda kechki smenada ishladim. O‘qishni bitirgach, Londondagi “Fortnum and Mason” kompaniyasida “Eng yaxshi ishchi” sifatida e’tirof etildim. Hozirda esa Kanadada magistraturada o‘qiyapman.

To‘yimda kelin ko‘ylak kiymaganman

2020-yilda karantin payti oila qurdik. To‘yga ishlatishimiz mumkin bo‘lgan pulni Kanadaga kelish xarajatlariga sarflaganmiz. Bundan hecham afsuslanmayman.

Qizlarga maslahatim: Birinchi o‘rinda o‘qishni tanlang

  • Ilm olish farzand tarbiyalash uchun eng muhim poydevordir.
  • O‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang.
  • Talabalar uchun eng muhimi – maqsad sari intilish va mehnatsevarlikdir.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar