Yale Young Global Scholars: AQSHda 100% grantli yozgi maktab

16-18 yoshli o’quvchilar uchun Yale universitetining nufuzli yozgi maktab dasturi. 100% gacha grant yutib olish va AQSHda o’qish imkoniyati haqida bilib oling.

5
Yale Young Global Scholars: AQSHda 100% grantli yozgi maktab

Yale Young Global Scholars (YYGS) nima?

Yale universiteti tomonidan tashkil etilgan ushbu 2 haftalik yozgi maktab dasturi dunyo yoshlari uchun madaniyatlar almashinuvi va akademik rivojlanish maydonidir. Dasturda dunyoning 150 dan ortiq davlatidan 2000 nafardan ziyod iqtidorli yoshlar ishtirok etadi.

Moliyaviy ko'mak va stipendiyalar

Dastur moliyaviy jihatdan qiynalgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 100% gacha stipendiyalar ajratadi. Buning uchun maxsus $3 million AQSH dollari miqdoridagi fond shakllantirilgan.

Nomzodlarga qo'yiladigan asosiy talablar

  • Maktabning 10-11-sinf yoki kollej/litseyning oxirgi 2 kursida o'qiyotgan bo'lish;
  • Dastur boshlanishiga qadar kamida 16 yoshga to'lgan bo'lish;
  • YYGS dasturida ilgari qatnashmagan bo'lish.

Ariza topshirish tartibi va muddatlari

Qabul jarayonlari ikki bosqichda amalga oshiriladi. Nomzodlar abituriyentlar uchun taqdim etilgan tavsiyalarga amal qilgan holda ariza topshirishlari lozim. Shuningdek, talabalar uchun mo'ljallangan xalqaro grantlar haqidagi ma'lumotlarni kuzatib borish foydalidir.

Kerakli hujjatlar:

  • Mashg'ulotlar ro'yxati;
  • 400 va 200 so'zdan iborat insholar;
  • Akademik baholar (attestat/diplom);
  • 2 ta tavsiyanoma;
  • Til sertifikatlari (TOEFL yoki Duolingo).

Batafsil ma'lumot va ariza topshirish uchun rasmiy sahifaga o'ting. Savollar yuzasidan bu yerga murojaat qilishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar