Xususiy oliygohdan davlatga o‘qishni ko‘chirish va super-kontrakt

Xususiy oliygohdan davlat oliygohiga o‘qishni ko‘chirish va super-kontrakt narxlari hamda hisoblash tartibi haqida batafsil ma’lumot.

6
Xususiy oliygohdan davlatga o‘qishni ko‘chirish va super-kontrakt

Xususiy oliygohdan davlat oliygohiga o‘qishni ko‘chirish va super-kontrakt

Abituriyentlar va talabalar uchun muhim yangilik: yetarli ball to‘play olmaganlar o‘z xohishlariga ko‘ra super-kontrakt asosida o‘qishni davom ettirishlari mumkin.

Super-kontrakt narxlari qanday hisoblanadi?

Super-kontrakt miqdori abituriyent to‘plagan ball va o‘tish bali o‘rtasidagi farqqa qarab belgilanadi:

  • 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa: oddiy kontraktning 1.5 barobari;
  • 1.1 balldan — 2.0 ballgacha yetmasa: oddiy kontraktning 2 barobari;
  • 2.1 balldan — 3.0 ballgacha yetmasa: oddiy kontraktning 2.5 barobari;
  • 3.1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa: oddiy kontraktning 3 barobari.

Agar 4.0 balldan ortiq ball yetmasa va abituriyent 56.7 ball to‘plagan bo‘lsa, u tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorini to‘laydi. Bu miqdor tanlangan ta’lim yo‘nalishlari kesimida 8 barobardan 20 barobargacha tashkil etadi.

56.6 balldan past natija ko‘rsatganlar uchun

Agar talaba 56.6 va undan kam ball to‘plagan bo‘lsa, u tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorining 2 barobarini to‘laydi. Masalan, agar belgilangan super-kontrakt 10 barobar bo‘lsa, ushbu toifadagi talabalar 20 barobar to‘lovni amalga oshirishadi. Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar