Xotin-qizlar uchun tavsiyanomalar: asosiy tushunchalar
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan abituriyentlarga o‘qishga kirish uchun 2 turdagi tavsiyanomalar taqdim etiladi. Ushbu hujjat egalari belgilangan alohida kvotalar doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.
5 yillik stajga ega xotin-qizlar uchun kvota
Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, kamida 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uchun 500 ta alohida o‘rin ajratilgan. Nomzodlar uchun talablar:
- O‘rta maxsus yoki professional ta’lim diplomi;
- Hozirgi vaqtda oliy ta’limda o‘qimayotganlik;
- Mutaxassislik bo‘yicha kamida 5 yillik ish staji.
Tavsiyanoma olish uchun hujjatlar tuman/shahar ishchi guruhlariga topshiriladi. Eslatib o‘tamiz, kirish ballari yo'nalishlar kesimida turlicha ekanligini hisobga olish lozim.
Ehtiyojmand oilalar uchun 2 mingta grant
Ijtimoiy himoyaga muhtoj, jumladan, kam ta’minlangan, to‘liqsiz oilalardan chiqqan qizlar uchun 2 mingta grant o‘rni ajratilgan. Bu imtiyozdan foydalanish uchun nomzodlar tegishli mezonlarga mos kelishi va qo‘mitadan tavsiyanoma olishi shart.
Tavsiyanoma o‘qishga kirishni kafolatlaydimi?
Yo‘q, tavsiyanomaning o‘zi talaba bo‘lish uchun yagona kafolat emas. Tavsiyanomaga ega abituriyentlar ham umumiy tartibda imtihon topshiradi. Ularning natijalari avvalo o‘zaro (alohida kvota doirasida) solishtiriladi. Agar abituriyent yetarli ball to‘play olmasa, u umumiy tanlovda ishtirok etadi. Abituriyentlar uchun eng muhimi — maksimal ballning kamida 30 foizini to‘plashdir.

Eslatma: Oldingi yillarda olingan tavsiyanomalar 3 yil davomida amal qiladi. Hujjat topshirish jarayonida tizim sizning ma’lumotlaringizni avtomatik aniqlaydi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.