Xorijiy diplomni tan olish: Nostrifikatsiya tartibi va imtihon

Xorijiy diplomni O’zbekistonda tan olish (nostrifikatsiya) uchun qanday hujjatlar kerak, to’lov miqdori va imtihon tartibi haqida to’liq ma’lumot oling.

8
Xorijiy diplomni tan olish: Nostrifikatsiya tartibi va imtihon

Xorijiy diplomni tan olish: Nostrifikatsiya jarayoni

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan diplomlarni tan olish, ya'ni nostrifikatsiya jarayoni rasmiy tartibga solingan. Bu jarayon xorijiy oliygoh bitiruvchilariga o‘z diplomlarini O‘zbekistonda qonuniy kuchga ega qilish imkonini beradi. Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot izlayotgan bo'lsangiz, ushbu ma'lumotlar sizga foydali bo'ladi.

Ro‘yxatdan o‘tish usullari

Nostrifikatsiya uchun ro‘yxatdan o‘tishning ikki xil usuli mavjud:

  • My.gov.uz portali orqali (onlayn);
  • Davlat xizmatlari markazi (DXM) orqali.

Talab etiladigan hujjatlar

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun:

  • Diplom (o‘zbek tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan PDF shaklda);
  • Diplom ilovasi (o‘zbek tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan PDF shaklda).

Davlat xizmatlari markazi orqali:

  • Pasport;
  • Diplom va ilovaning asl nusxasi;
  • Diplom va ilovaning notarial tasdiqlangan tarjimasi.

To‘lov va muddatlar

Nostrifikatsiya uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 3 barobari (1 125 000 so‘m) miqdorida to‘lov amalga oshiriladi. Hujjatlar 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Talabalar uchun muhim bo'lgan ushbu jarayon yakunida hujjatlar to‘liq bo‘lsa, imtihonga ruxsatnoma beriladi.

Imtihon tartibi va baholash mezonlari

Imtihon 50 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir savolga 2 daqiqa vaqt ajratiladi. Umumiy vaqt – 100 daqiqa.

  • Har bir to‘g‘ri javob 2 ball;
  • O‘tish bali: 56 ball;
  • Agar ball 56 dan kam bo‘lsa, diplom tan olinmaydi.

Qayta topshirish shartlari

Testdan o‘tolmagan talabgorlar BHMning 2 barobari (750 000 so‘m) to‘lab, qayta imtihon topshirishlari mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar