Italiyada tibbiy fizika bo‘yicha bepul ta’lim imkoniyati
Italiyaning nufuzli International Centre for Theoretical Physics (ICTP) hamda University of Trieste universitetlari tibbiy fizika yo‘nalishida magistratura bosqichida tahsil olishni istagan iqtidorli yoshlar uchun grant dasturini e’lon qildi. Bu talabalar uchun ajoyib imkoniyatdir.
Dastur doirasida talabalar birinchi yilni ICTPda, ikkinchi yilni esa Trieste kasalxonasining tibbiy fizika bo‘limida klinik amaliyot bilan birgalikda o‘taydilar. Jami 30 nafar nomzod qabul qilinadi.
Nomzodlar uchun talablar
- Tibbiy fizika yoki tegishli sohada magistratura darajasi;
- A’lo darajadagi akademik ko‘rsatkichlar va ilmiy tajriba;
- Ingliz tilini yaxshi bilish;
- 30 yoshdan kichik bo‘lish;
- BMT, YUNESKO yoki MAGATEga a’zo davlatlar (jumladan, O‘zbekiston) fuqarosi bo‘lish.
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun rasmiy sahifaga o‘ting. Shuningdek, abituriyentlar uchun mo‘ljallangan boshqa xalqaro dasturlar bilan ham tanishib borish tavsiya etiladi.
Grant turlari va moliyalashtirish
To‘liq grant: Sayohat xarajatlari, ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi qoplanadi. Birinchi yil uchun oylik 900 yevro, ikkinchi yil uchun 1000 yevro stipendiya beriladi.
Qisman grant: Sayohat va ro‘yxatdan o‘tish xarajatlarining yarmi qoplanadi. Birinchi yil 450 yevro, ikkinchi yil 500 yevro stipendiya ajratiladi.
Kerakli hujjatlar
- CV yoki Resume;
- Universitet diplomi;
- Akademik tavsiyanoma;
- Onlayn ariza shakli.
Hujjat topshirishdan oldin rasmiy e’lon bilan batafsil tanishib chiqish tavsiya etiladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.