President Tech Award: 1 million dollarlik tanlovga start berildi
O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish va yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil etuvchi President Tech Award tanlovining ikkinchi mavsumiga arizalar qabuli boshlandi.
Agar sizda innovatsion g‘oyalar bo‘lsa va ularni hayotga tatbiq etishga tayyor bo‘lsangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun. Tanlov yosh dasturchilar va IT-mutaxassislari uchun o‘z loyihalarini namoyish etish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash olish uchun eng yaxshi maydondir.
Tanlov yo‘nalishlari
Ishtirokchilar o‘z loyihalarini quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha taqdim etishlari mumkin:
- Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar;
- Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;
- MicroSaaS va AdTech;
- Kompyuter va mobil o‘yinlar;
- Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar.
Shuningdek, 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni nazarda tutuvchi Gran-Pri Hakaton maxsus yo‘nalishi ham o‘z ishini boshlaydi.
Mukofot jamg‘armasi va shartlar
Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1, 2 va 3-o‘rin sohiblari quyidagi miqdorda mukofotlanadi:
- 1-o‘rin: 100 000 dollar;
- 2-o‘rin: 50 000 dollar;
- 3-o‘rin: 30 000 dollar.
Ta'lim sohasidagi yangiliklar va talabalar uchun foydali ma'lumotlarni kuzatib boring. Shuningdek, o‘qish yo‘nalishlari va tanlov shartlari bilan batafsil tanishish uchun rasmiy veb-saytga tashrif buyuring.
Siz ushbu tanlovda qatnashasizmi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.