Yandex Cup: IT bo'yicha yirik onlayn musobaqa
Dasturlash sohasida o'zini sinab ko'rmoqchi bo'lgan havaskor va professional dasturchilar uchun ajoyib imkoniyat! Yandex Cup musobaqasi 6 ta yo'nalish bo'yicha o'z g'oliblarini kutmoqda.
Musobaqa yo'nalishlari:
- Algoritm
- Front-End
- Back-End
- Mobile Development
- Analytics
- Machine Learning
Mukofot jamg'armasi va g'oliblar
Har bir yo'nalish bo'yicha alohida g'oliblar aniqlanadi:
- 1-o'rin: 300,000 rubl
- 2-o'rin: 150,000 rubl
- 3-4-5-o'rinlar: 100,000 rubl va qo'shimcha sovrinlar
Mukofotlar haqida batafsil ma'lumotni rasmiy qoidalarda o'qishingiz mumkin.
Ishtirok etish talablari
Musobaqada qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:
- Ishtirokchilar 18 yoshdan kichik bo'lmasligi kerak.
- O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va boshqa belgilangan davlatlar fuqarosi bo'lishi lozim.
- Algoritm yo'nalishida barcha davlat fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Talablar haqida batafsil ma'lumot bu yerda keltirilgan.
Qanday ro'yxatdan o'tish kerak?
Musobaqada qatnashish uchun onlayn ro'yxatdan o'tishingiz talab etiladi. Musobaqa haqida ko'p so'raladigan savollarga yandex.com/cup sayti orqali javob topishingiz mumkin.
Agar siz IT sohasida o'qishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqing yoki talabalar uchun foydali maqolalarimizni o'qib boring.














Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.