Dasturlashni bepul o‘rganish imkoniyati: Pay IT Forward jamoasi
Talabalar va abituriyentlar uchun ajoyib yangilik! "Pay IT Forward" jamoasi dasturlashga qiziqqan yoshlar uchun bepul o‘quv dasturini taqdim etmoqda. Bu imkoniyat o‘z ustida ishlashni xohlagan, ammo qimmat kurslarga imkoniyati yetmayotganlar uchun mo‘ljallangan.
Maqsad va g‘oya
Dasturlash kurslarining narxi ba’zan 10 million so‘mgacha boradi. Bizning jamoa esa bilim ulashishga ishonadi. Maqsadimiz — intiluvchan yoshlarni birlashtirib, professional darajadagi dasturchilarni tayyorlashdir. Kursni bitirgan har bir talaba kelajakda yana 3 nafar shogirdga bepul ta’lim berishi shart.
O‘qish tartibi va qoidalar
- Darslar to‘liq onlayn tarzda olib boriladi.
- Kunlik va haftalik yig‘ilishlar orqali taraqqiyot tahlil qilinadi.
- Asosiy dasturlash tili: JavaScript.
- Kurs yakunida frontend dasturchi sifatida ishga kirish talab etiladi.
Jamoaga qo‘shilish uchun talablar
Nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:
- Dasturlashga kuchli qiziqish va kuniga kamida 2-3 soat vaqt ajrata olish;
- Mantiqiy fikrlash va ingliz tilini o‘rta (intermediate) darajada bilish;
- Zamonaviy kompyuter va barqaror internet aloqasi;
- Kompyuter savodxonligi (fayllar bilan ishlash, brauzer va qidiruv tizimlaridan foydalanish).
Qanday qilib ariza topshirish mumkin?
Arizalar 16-oktabrdan 28-oktabr soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi. Saralash bosqichidan o‘tgan nomzodlar bilan onlayn video intervyu o‘tkaziladi. Arizani ushbu havola orqali topshiring: Ariza topshirish formasi.
Jamoa va dastur haqida batafsil ma’lumotni bu yerda o‘qishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.