Toshkentda talaba qotilni qo’lga olishga yordam berdi

Jizzaxda og’ir jinoyat sodir etib, Toshkentga qochgan shaxsni ushlashda O’zDJTU talabasi Mirzabek Elmurodov qanday qahramonlik ko’rsatdi?

3
Toshkentda talaba qotilni qo’lga olishga yordam berdi

Toshkentda talaba qotilni qo'lga olishda yordam berdi

Jizzax viloyatida og'ir jinoyat sodir etgan shaxs Toshkent shahrida qo'lga olindi. Uni ushlash jarayonida O'zbekiston jahon tillari universiteti 2-bosqich talabasi Mirzabek Elmurodov IIB xodimlariga yaqindan ko'maklashdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Voqea tafsilotlari

2024-yil 19-aprel kuni Zomin tumanida yashovchi shaxs o'zaro kelishmovchilik tufayli Zarbdor tumanida yashovchi fuqaroga pichoq bilan jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.

Gumonlanuvchi qidiruv jarayonida ko'chada ketayotgan talabadan telefonidan foydalanishni so'ragan. IIB xodimlari raqamga bog'langanda, telefon egasi bo'lgan talaba vaziyatni anglab yetgan va huquq-tartibot organlari ko'rsatmasi bilan jinoyatchini kuzatib borgan. Natijada Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda qotil qo'lga olingan.

Talabaning qahramonligi e'tirof etildi

Mirzabek Elmurodovning jasorati universitetda munosib taqdirlandi. Marosimda Jizzax viloyati IIB boshlig'i G'ayrat Qodirov ishtirok etib, talabaga pul mukofoti va esdalik sovg'alarini topshirdi.

Ta'lim sohasidagi so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar