TATU va Koreya universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Koreya Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda xalqaro standartlarga javob beradigan qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayonini boshladi. Bu abituriyentlar uchun xalqaro diplom olish imkoniyatini beradi.Hamkor universitetlar va yo‘nalishlar
- TATU – Yeungnam universiteti (2+2 Double Degree): “Axborot va kommunikatsiya muhandisligi” hamda “Kompyuter injiniringi” yo‘nalishlari.
- TATU – Kookmin universiteti (3+1 Double Degree): “Biznes axborot texnologiyalari” (Business IT) yo‘nalishi.
- TATU – Sejong universiteti (1+1 Double Degree): “Biznesni boshqarish” (MBA) magistratura mutaxassisligi.
Talab qilinadigan hujjatlar
- Pasport nusxasi;
- Diplom yoki shahodatnoma;
- Ingliz tili sertifikati (B1+ daraja) yoki ichki imtihon natijasi.














Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.