Raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarning oldini olish: Yangi imkoniyatlar
2024-2025-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashuvchi yangi avlod kadrlarini tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda hukumat qarori bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) hamda O‘zbekiston milliy universitetida (O‘zMU) yangi ta’lim dasturlari tasdiqlandi.
Ta'lim va amaliyot uyg'unligi
Yangi tizim doirasida nazariy bilimlar amaliyot bilan mustahkamlanadi. Xususan:
- 3-4-kurs talabalari ichki ishlar va prokuratura organlarida amaliyot o‘tashadi.
- Kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislik fanlarini muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishga qabul qilinadi.
Agar siz ham ushbu sohada o'qishni istasangiz, kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Abituriyentlar uchun muhim
Ushbu yangi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishga kirishni rejalashtirgan abituriyentlar uchun tanlov jarayonlari va talablar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi. Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.