Qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi — chet tilidan kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Test sinovlari 17-avgust kuni 4 ta oliygohda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazildi.
Qaysi oliygohlarda imtihon o‘tkazildi?
2026-yil 17-avgust kuni quyidagi oliy ta’lim muassasalarida qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi:
Reklama
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
- Jizzax politexnika instituti;
- Toshkent farmatsevtika instituti;
- Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Imtihonlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qarori asosida, qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan o‘tkazilmoqda.
Imtihon qanday o‘tdi?
Talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdi. Natijalarni test sinovi yakunlanishi bilan bilish imkoniyati yaratildi.
Imtihonda 164 nafar talabgor ishtirok etdi, ulardan 2 nafari belgilangan tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi. Test sinovlari natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilgandan keyin belgilangan tartibda tegishli oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
Avvalroq qo‘shma ta’lim dasturlariga imtihonlar qanday o‘tishi haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.