Kontrakt uchun 12 foiz soliq imtiyozi: Kimlar foydalana oladi?
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq, ta’lim uchun to‘langan mablag‘larning 12 foizini daromad solig‘i sifatida qaytarib olish huquqi mavjud. Bu imtiyoz fuqarolarga o‘z ta’limi, farzandlari yoki turmush o‘rtog‘ining o‘qishi uchun qilingan xarajatlarni qisman qoplash imkonini beradi.
Soliq imtiyozi kimlarga taalluqli?
Ushbu imtiyoz quyidagi hollarda amal qiladi:
- O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun to‘langan kontrakt pullari;
- Yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlar yoki turmush o‘rtog‘ining ta’lim xarajatlari;
- Tijorat banklari tomonidan ta’lim krediti asosida to‘langan mablag‘lar (kredit foizlari bilan birga);
- Super-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun to‘lovlar.
Agar siz o‘qishga kirish jarayonlari yoki oliygohlar kirish ballari haqida qiziqsangiz, saytimizdagi ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, talabalar uchun foydali maslahatlar va yangiliklarni talabalar uchun bo‘limidan topishingiz mumkin.
Qanday qilib mablag‘ni qaytarib olish mumkin?
Soliq imtiyozidan foydalanish uchun ish joyingizdan daromad solig‘i to‘layotgan bo‘lishingiz va tegishli hujjatlarni (shartnoma, to‘lov kvitansiyalari) soliq organlariga taqdim etishingiz talab etiladi. Batafsil ma’lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.