Tarix yo‘nalishi bitiruvchilari qaysi kasblarni egallashi mumkin?
Tarix fakultetini tamomlagan mutaxassislar uchun ta'lim, fan va boshqaruv sohalarida keng imkoniyatlar mavjud. Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida tanlovda qatnashayotgan bo'lsangiz, ushbu kasblar kelajagingiz uchun muhim yo'riqnoma bo'ladi.
Tarix yo‘nalishi bitiruvchilari uchun ish o‘rinlari
Bitiruvchilar quyidagi sohalarda faoliyat yuritishlari mumkin:
- Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarix fani o‘qituvchisi;
- O‘rta maxsus va professional ta’limda tarix fani o‘qituvchisi;
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy xodim yoki mustaqil tadqiqotchi;
- Maktab direktori lavozimiga da'vogarlik qilish (tegishli kasb standartiga muvofiq);
- Ta'lim muassasalarida laborant yoki kabinet mudiri.
Kasbiy faoliyat yo‘nalishlari
Tarix yo‘nalishi bakalavrlari o‘z faoliyatlarini quyidagi yo‘nalishlarda olib borishlari mumkin:
- Pedagogik faoliyat;
- Ilmiy-tadqiqot ishlari;
- Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish;
- Tashkiliy-boshqaruv faoliyati.
Oliy ta'lim muassasalariga kirish istagida bo'lganlar oliygohlar kirish ballari haqidagi ma'lumotlarni doimiy kuzatib borishlari tavsiya etiladi. Ta'lim sohasidagi yangiliklardan xabardor bo'lish uchun saytimizni kuzatishda davom eting.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.