Ta’lim krediti qarzdorligi kamaydi, boshqa qarzlar keskin oshdi

Ta’lim krediti qarzdorligi 1,1 foizga kamaydi. Markaziy bankning 1-sentabr statistikasi, qarz turlari kesimi va eng tez o’sgan yo’nalishlar tahlili.

•2 daqiqa mutolaa•8 marta ko'rildi
Ta’lim krediti qarzdorligi kamaydi, boshqa qarzlar keskin oshdi

Joriy yilning sakkiz oyida fuqarolarning banklar oldidagi jami qarzdorligi 23,3 trillion so'mga ko'paydi. 1-sentabr holatiga bu ko'rsatkich 243,6 trillion so'mni tashkil etdi. Qarzlarning deyarli barcha turi o'sgan bir paytda ta'lim kreditlari qoldig'i aksincha qisqardi. Bu haqda Markaziy bank statistikasida keltirilgan.

Qarzdorlik tarkibida ipoteka yetakchilik qilmoqda

Kredit turlari kesimida qarzdorlikning eng katta qismi ipoteka hissasiga to'g'ri keladi. Uy-joy sotib olish uchun olingan kreditlar qoldig'i 89,7 trillion so'mga yetdi, o'sish sur'ati 12,9 foizni tashkil etdi. Mikrokreditlar bo'yicha qarz 48,2 trillion so'm bo'lib, 19,1 foizga ko'paydi. Avtokreditlar qoldig'i 41 trillion so'mni, mikroqarzlar esa 51,3 trillion so'mni tashkil qildi. Eng tez o'sish boshqa qarzlar, jumladan kredit kartalari va overdraftlar hisobiga kuzatildi. Bu toifadagi qarzdorlik yil boshidan buyron 38,1 foizga oshib, 6,1 trillion so'mga yetdi.

Ta'lim krediti kamaygan yagona tur bo'ldi

Ta'lim kreditlari qoldig'i 6,85 trillion so'mni tashkil etib, 1,1 foizga kamaydi. Bu asosiy kredit turlari orasida qisqargan yagona ko'rsatkichdir. Iste'mol kreditlari qoldig'i 502 milliard so'm atrofida qayd etildi. Kontrakt to'lovlari uchun foizsiz to’lov imkoniyatlari kengayayotgani ham ta'lim qarzlari yukini yengillashtirmoqda. Eslatib o'tamiz, yil boshida jismoniy shaxslarning banklar oldidagi jami qarzdorligi 220,3 trillion so'm edi.

Shunday qilib, umumiy qarzdorlik o'sib borayotgan bir sharoitda ta'limga olingan qarzlar yukining kamayishi ijobiy belgi sifatida baholanmoqda.

1-sentabr holatiga ta'lim kreditlari qoldig'i 6,85 trillion so'mni tashkil etib, yil boshidan buyon 1,1 foizga kamaydi.
Kredit kartalari va overdraftlarni o'z ichiga olgan boshqa qarzlar 38,1 foizga oshib, 6,1 trillion so'mga yetdi.
Jismoniy shaxslarning banklar oldidagi jami qarzdorligi 243,6 trillion so'mni tashkil etdi, sakkiz oyda 23,3 trillion so'mga ko'paydi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MAQOLA MUALLIFI
Umidjon Esirgapov
Infoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar