Kontrakt to‘lovidan 12% soliqni onlayn qaytarib oling
Ta’lim tizimidagi yangiliklarga ko‘ra, endilikda kontrakt, xususiy bog‘cha va maktab to‘lovlari uchun to‘langan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq idoralariga borish shart emas. Barcha jarayonlar masofadan amalga oshiriladi.
Soliq qaytarib olish uchun nimalar kerak?
Siz talabalar uchun ajratilgan imtiyozlardan foydalangan holda, quyidagi xarajatlaringizdan 12% miqdoridagi soliqni qaytarib olishingiz mumkin:
- Oliy ta’lim muassasalari uchun to‘langan kontrakt pullari;
- Nodavlat maktabgacha ta’lim va umumta’lim maktablari uchun to‘lovlar;
- Ipoteka kreditlari bo‘yicha to‘lovlar.
Qanday qilib ariza yuborish mumkin?
Jarayon my3.soliq.uz portali orqali amalga oshiriladi. Tizimda sizning ish haqingiz va boshqa daromadlaringiz to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik shakllanadi. Sizdan faqat shartnoma va to‘lov hujjatlarini ilova qilish talab etiladi.
Deklaratsiya yuborish uchun elektron raqamli imzo (ERI) talab qilinadi. Jarayonni to‘liq tushunish uchun quyidagi videoni tomosha qiling:
Ta’lim sohasidagi yangiliklarni va oliygohlar kirish ballari haqidagi ma’lumotlarni bizning saytimizda kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.