3-kurs talabalari maktabda ishlashi mumkinmi? Qonuniy asos

Pedagogika yo‘nalishidagi 3-kurs talabalari maktabda dars berishi mumkinmi? Hukumat qarori va talabalar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot.

9
3-kurs talabalari maktabda ishlashi mumkinmi? Qonuniy asos

Talabalar 3-kursdan boshlab maktabda qonuniy ishlashi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2021-yil 15-oktyabrdagi 646-sonli qaroriga muvofiq, pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-kurs talabalariga maktablarda dars berish huquqi berildi. Ushbu imkoniyat ta'lim tizimidagi kadrlar yetishmovchiligini to'ldirishga xizmat qiladi.

Kimlar maktabda dars berish huquqiga ega?

Qarorga ko'ra, quyidagi toifadagi talabalar maktablarda pedagogik faoliyatni boshlashlari mumkin:

  • Davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishi 3-kurs talabalari.
  • Kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘limda tahsil olayotgan barcha talabalar.

Agar siz o'qish jarayonida maktab dasturlari bilan yaqindan tanishmoqchi bo'lsangiz, maktab darsliklarini yuklab olish orqali darslarga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.

Mazkur qarorning asosiy maqsadlari

Ushbu tartibning joriy etilishi bir nechta muhim maqsadlarni ko'zlaydi:

  • Maktablarda malakali pedagog kadrlar yetishmovchiligini kamaytirish.
  • Talabalarga o‘qish davrida amaliy tajriba orttirish imkoniyatini yaratish.
  • Yangi pedagoglarni maktab tizimiga erta jalb qilish.

Kelajakda pedagogik faoliyatni davom ettirish va malaka oshirish uchun pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari haqida ma'lumotga ega bo'lish muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar