Sydney Scholars Awards: Avstraliyada grant yutib olish imkoniyati
Sidney universiteti xalqaro talabalar uchun bakalavriat bosqichida tahsil olishni qo'llab-quvvatlash maqsadida Sydney Scholars Awards grant dasturini e'lon qildi. Ushbu imkoniyat butun dunyo yoshlari uchun ochiq.
Grantga qo'yiladigan talablar
Ushbu grant dasturida ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishlari kerak:
- Barcha davlat fuqarolari uchun ochiq;
- 12 yillik o'rta ta'limni tugatganlik yoki unga tenglashtirilgan diplom;
- ATAR ko'rsatkichi 95 dan 99.85 gacha bo'lishi;
- Yuqori akademik ko'rsatkichlar;
- Nomzodlar UAC tizimi orqali ariza topshirishlari shart.
Shuningdek, xorijda o'qishni rejalashtirgan abituriyentlar uchun universitet tanlash va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarga ega bo'lish muhim ahamiyat kasb etadi.
Grantning afzalliklari
- Yiliga 6000 AQSH dollari miqdorida stipendiya;
- Stipendiya ikki yilgacha saqlanib qolishi mumkin;
- Avstraliyaning eng nufuzli universitetida sifatli ta'lim;
- Kasbiy va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari.
Ariza topshirish tartibi
Ariza topshirish jarayoni universitetning rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda qiziqish sohangizni to'g'ri ko'rsatib, kerakli hujjatlarni ilova qilishingiz so'raladi.
Muhim: Hujjat topshirishdan oldin ushbu PDF formatdagi rasmiy ko'rsatmalar bilan tanishib chiqing. Onlayn ariza shaklini bu yerda to'ldirishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.