Rasman: endi kontrakt uchun minimal ball (56,7)dan kam to'plagan abituriyentlar super-kontrakt orqali ham o'qishga kira olmaydi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan bu tartib bekor qilindi.
Kontrakt uchun minimal ball 56,7 va grant uchun 68 ball ekanligini avval yoritgan edik. Endi super-kontrakt bo'yicha ham muhim o'zgarish yuz berdi.
Avvalgi tartib qanday edi?
Ilgari abituriyent minimal o'tish balidan past to'plagan bo'lsa ham, xalq tilida aytiladigan "super-kontrakt" orqali pul to'lab o'qishga kirishi mumkin edi. Ya'ni talaba yetmagan balliga qarab ko'paytirilgan kontrakt to'lovini amalga oshirar va o'qishga qabul qilinar edi.
Endi nima o'zgardi?
Yangi qoidaga ko'ra, qo'shimcha (tabaqalashtirilgan) to'lov-kontraktga qabul faqat quyidagi shartlarga javob beradigan abituriyentlar uchun ochiq:
- Davlat komissiyasi belgilagan minimal balldan kam bo'lmasligi shart (ya'ni 56,7 dan yuqori);
- Asosiy qabul chegarasiga 4 balgacha yetmagan bo'lishi kerak.
Bu shuni anglatadiki, minimal o'tish balidan past to'plagan abituriyent endi hech qanday kontraktga ham qabul qilinmaydi. Hatto pul to'lashga tayyor bo'lsa ham.
Qabul jarayonidagi barcha muhim o'zgarishlarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.
Reklama
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.