2025–2026-o‘quv yili qabul natijalari bo‘yicha Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining masofaviy ta’lim yo‘nalishlari kesimida eng past va eng yuqori kontrakt o‘tish ballari ma’lum bo‘ldi.
E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, masofaviy ta’limda qayd etilgan eng past o‘tish bali 56,7 ball, eng yuqori ko‘rsatkich esa 162,5 ballni tashkil etgan.
Eng past o‘tish ballari – 56,7 ball
Reklama
Masofaviy ta’lim shaklida Toshkentdagi 13 ta yo‘nalishda kontrakt asosidagi eng past o‘tish bali 56,7 ball etib qayd etildi.
Quyidagi yo‘nalishlarda ushbu natija kuzatildi:
| OTM | Ta’lim yo‘nalishi | Til | O‘tish bali |
|---|---|---|---|
| Geologiya fanlari universiteti | Iqtisodiyot | O‘zbek | 56,7 |
| O‘zbekiston milliy musiqa san’ati instituti | Menejment | O‘zbek | 56,7 |
| O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti | Menejment | O‘zbek | 56,7 |
| Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali | Buxgalteriya hisobi | O‘zbek | 56,7 |
| Toshkent arxitektura-qurilish universiteti | Marketing | O‘zbek | 56,7 |
| Toshkent axborot texnologiyalari universiteti | Kompyuter injiniringi | Rus | 56,7 |
| Toshkent axborot texnologiyalari universiteti | Telekommunikatsiya texnologiyalari | O‘zbek | 56,7 |
| Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti | Statistika | O‘zbek | 56,7 |
| Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti | Sun’iy intellekt | O‘zbek | 56,7 |
| Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti | Buxgalteriya hisobi | O‘zbek | 56,7 |
| Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti | Iqtisodiyot | O‘zbek | 56,7 |
| Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti | Marketing | O‘zbek | 56,7 |
| Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti | Menejment | O‘zbek | 56,7 |
Eng yuqori o‘tish ballari
Masofaviy ta’lim yo‘nalishlari orasida eng yuqori kontrakt o‘tish ballari asosan yurisprudensiya yo‘nalishlarida qayd etildi.
| OTM | Ta’lim yo‘nalishi | Til | O‘tish bali |
| O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi | Yurisprudensiya (prokurorlik faoliyati) | O‘zbek | 162,5 |
| O‘zbekiston Milliy universiteti | Yurisprudensiya | O‘zbek | 155,9 |
| Toshkent davlat transport universiteti | Yurisprudensiya | O‘zbek | 152,3 |
| Toshkent davlat transport universiteti | Yurisprudensiya | Rus | 142,6 |
| Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti | Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili | O‘zbek | 140,2 |
| Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti | Iqtisodiyot | Rus | 116 |
| Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti | Iqtisodiyot | O‘zbek | 112,7 |
| O‘zbekiston Milliy universiteti | Iqtisodiyot | Rus | 106,3 |
| Toshkent axborot texnologiyalari universiteti | Iqtisodiyot | Rus | 104,3 |
| Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti | Marketing | Rus | 104,3 |
Qaysi yo‘nalishlarda raqobat kuchli bo‘ldi?
Natijalardan ko‘rinib turibdiki, Toshkentdagi masofaviy ta’lim yo‘nalishlarida eng yuqori raqobat yurisprudensiya yo‘nalishlarida kuzatilgan. Aksincha, iqtisodiyot, menejment, marketing va ayrim texnik yo‘nalishlarda minimal o‘tish ballari 56,7 ball darajasida shakllangan.
Bu ko‘rsatkichlar abituriyentlar uchun kelgusi qabul kampaniyalarida yo‘nalish tanlashda muhim yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.