Talabalar uchun muhim: Stipendiyalar nega oshmadi?
So‘nggi yangiliklarga ko‘ra, pensiyaning eng kam miqdorlari minimal iste’mol xarajatlari darajasiga yetkazildi. Afsuski, talabalar uchun ajratiladigan stipendiyalar bu safar ham indeksatsiya qilinmadi.
2024-yil 1-maydan kuchga kirgan o‘zgarishlar
Pensiya ta’minotidagi yangiliklar quyidagicha belgilandi:
- Ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming so‘m;
- Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming so‘m.
Stipendiyalar va ta'lim tizimi
Kutilganidek, talabalarning stipendiyalari o‘zgarishsiz qoldi. Hozirgi kunda stipendiya miqdori bir kishining bir oylik minimal iste’mol xarajatlaridan ham kamroq bo‘lib qolmoqda. Oliy o‘quv yurtlariga kirish va ta’lim jarayonlari bilan bog‘liq boshqa yangiliklarni kuzatib borishni tavsiya qilamiz.
Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.