STEM olimpiadasining hududiy bosqichi sanalari e’lon qilindi
27–28-fevral kunlari Fan olimpiadalari markazi tomonidan reja-grafik asosida STEM olimpiadasining hududiy bosqichi o‘tkaziladi. Unda Agentlik tizimidagi maktablarda o‘tkazilgan maktab bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar ishtirok etadi.
Quyida fanlar va sinflar kesimidagi aniq vaqtlar keltiriladi.
27-fevral kuni o‘tkaziladigan fanlar
15:30–17:00
- Matematika: 9–10–11-sinflar
- Informatika va axborot texnologiyalari: 8–9-sinflar
- Science (Tabiiy fanlar): 5–6–7-sinflar
28-fevral kuni o‘tkaziladigan fanlar
10:00–11:30
- Matematika: 5-sinf
- Fizika: 11-sinf
- Kimyo: 11-sinf
- Biologiya: 11-sinf
- Informatika va axborot texnologiyalari: 10–11-sinflar
12:00–13:30
- Matematika: 6-sinf
- Fizika: 10-sinf
- Kimyo: 10-sinf
- Biologiya: 10-sinf
- Informatika va axborot texnologiyalari: 5-sinf
14:00–15:30
- Matematika: 7-sinf
- Fizika: 9-sinf
- Kimyo: 9-sinf
- Biologiya: 9-sinf
- Informatika va axborot texnologiyalari: 6-sinf
16:00–17:30
- Matematika: 8-sinf
- Fizika: 8-sinf
- Kimyo: 8-sinf
- Biologiya: 8-sinf
- Informatika va axborot texnologiyalari: 7-sinf
Fanlar va nazorat shakli
Matematika, fizika, kimyo va biologiya (5–11-sinflar)
- Vaqt: 90 daqiqa
- Testlar soni: 30 ta
- 20 ta yopiq test
- 10 ta ochiq test
Informatika va axborot texnologiyalari (5–7-sinflar)
- Vaqt: 90 daqiqa
- Testlar soni: 30 ta
- 20 ta yopiq test
- 10 ta ochiq test
Informatika va axborot texnologiyalari (8–11-sinflar)
- Vaqt: 120 daqiqa
- Nazorat turi: onlayn portal orqali 5 ta masala
Science (5–7-sinflar)
- Vaqt: 90 daqiqa
- Testlar soni: 27 ta
- 18 ta yopiq test
- 9 ta ochiq test
Murojaat uchun aloqa
Agar olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilsa, maxsus murojaat bot yoki +99871 207 05 24 telefon raqami orqali xabar berish mumkin.









Javoblar (0 )