Maktab oshxonalarida sotilishi taqiqlangan mahsulotlar
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) maktab o‘quvchilari salomatligini himoya qilish maqsadida ta’lim muassasalari oshxonalarida sotilishi taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini tasdiqladi. Ushbu chora-tadbirlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Nimalarni maktabda sotish mumkin emas?
SSVning sanitariya qoidalari va gigiyena normativlariga ko‘ra, maktab oshxonalarida quyidagi mahsulotlarni tayyorlash va sotish qat’iyan man etiladi:
- Gamburger, chizburger, hot-dog kabi mayonez, ketchup va go‘sht qo‘shilgan tez tayyorlanadigan yeguliklar.
- Sun’iy bo‘yoqlar, aromatizatorlar va ta’m kuchaytirgichlar qo‘shilgan qandolat mahsulotlari.
- Chipslar, "kiriyeshki", "xrustyashki", qurt, pista va uy sharoitida tayyorlangan shirinliklar.
- Gazlangan ichimliklar (rangli va rangsiz) hamda energetik ichimliklar.
- Veterinariya nazoratidan o‘tmagan go‘sht, baliq, parrandalar va sifatsiz tuxumlar.
- Bombajli yoki yaroqlilik muddati o‘tgan konservalar.
- Kremli tort va pishiriqlar, xom dudlangan kolbasalar.
- Termik ishlov berilmagan sut mahsulotlari hamda tez tayyorlanadigan quruq konsentratlar.
Sog‘lom muhit va ta’lim sifati
Maktab o‘quvchilarining sifatli ovqatlanishi ularning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ham bevosita ta’sir qiladi. O‘quv jarayoni va darsliklar haqida batafsil ma’lumot olish uchun maktab darsliklarini yuklab olish sahifasiga o‘tishingiz mumkin. Shuningdek, bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun abituriyentlar uchun mo‘ljallangan yangiliklarimizni kuzatib borishni tavsiya etamiz.
Ushbu cheklovlar bolalarni noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida kelib chiqadigan kasalliklardan himoya qilishga xizmat qiladi. Siz maktablarda joriy etilgan ushbu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr-mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring.









Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.