Soatbay ishlovchi o‘qituvchilar oyligi qanday hisoblanadi?

Soatbay ishlovchi pedagoglar ish haqi qanday hisoblanadi? 2024-yilgi stavkalar, dars soatlari va daromad solig‘i bo‘yicha batafsil qo‘llanma.

3
Soatbay ishlovchi o‘qituvchilar oyligi qanday hisoblanadi?

Soatbay ishlovchi pedagoglarga oylik qanday hisoblanadi?

O‘rindoshlik asosida ishlovchi o‘qituvchilar yoki maktab rahbar xodimlari uchun soatbay to‘lov tizimi joriy etilgan. Pedagogning oylik maoshi u bajarilgan dars soatlari asosida belgilanadi.

Soatbay dars soati uchun to‘lov stavkalari

2023-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, bir soat dars uchun quyidagi to‘lovlar belgilangan:

  • Oliy toifa — 48 777 so‘m
  • 1-toifa — 44 140 so‘m
  • 2-toifa — 39 612 so‘m
  • Mutaxassis — 35 381 so‘m
  • O‘rta maxsus — 33 073 so‘m

Pedagoglar o‘z malakalarini oshirish va pedagog attestatsiya jarayonlarida qatnashish orqali toifalarini va oylik ish haqlarini oshirib borishlari mumkin.

Ish haqini hisoblash tartibi

Oylikni hisoblashda O‘IBDO‘ tomonidan tasdiqlangan tabel asos qilib olinadi. MMTB buxgalteriyasi aynan shu soatlar uchun to‘lovni amalga oshiradi. Masalan, oliy toifali o‘qituvchi oyiga 28 soat dars o‘tsa: 28 * 48 777 = 1 365 756 so‘m hisoblanadi.

Ushbu summadan 13% daromad solig‘i va kasaba uyushmasi badallari ushlab qolinadi. Shuningdek, daftar tekshirish va boshqa ustamalar qo‘shilishi mumkin. Maktab darsliklari bilan ishlashda ham o‘qituvchilarning yuklamasi hisobga olinadi.

Eslatma: Soatbay ishlovchi pedagoglarga faqat amalda o‘tilgan darslar uchun haq to‘lanadi. Ta’til, bayram va dam olish kunlari uchun to‘lovlar amalga oshirilmaydi.

Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar