UNESCO'dan 10 000 dollarlik grant: Silk Roads Youth Research Grant
UNESCO Buyuk Ipak Yo‘lining boy merosi va tarixini o‘rganuvchi yosh tadqiqotchilar uchun xalqaro grant dasturini boshladi. Bu talabalar va yosh olimlar uchun o'z ilmiy salohiyatini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Kimlar qatnasha oladi?
Dasturda 35 yoshga to‘lmagan, magistratura yoki PhD bosqichida tahsil olayotgan tadqiqotchilar ishtirok etishi mumkin. Loyihani yakka tartibda yoki jamoaviy ravishda topshirish imkoniyati mavjud.
Asosiy talablar va shartlar
- Loyiha to‘liq ingliz tilida tayyorlanishi va topshirilishi shart.
- Tadqiqot Buyuk Ipak Yo‘lining umumiy merosini ochib berishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
- Loyiha aniq ilmiy natijalar va yangi xulosalarni taqdim etishi lozim.
G‘oliblar uchun imtiyozlar
Tanlov yakunlariga ko‘ra, 12 nafar eng yaxshi tadqiqot loyihasi mualliflarining har biriga tadqiqot ishlarini olib borish uchun 10 000 AQSH dollari miqdorida grant ajratiladi. Bu abituriyentlar va yosh mutaxassislar kelajakdagi ilmiy faoliyati uchun muhim qadam bo'lishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2022-yil 31-maygacha.
Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun ushbu havolaga o'ting.
Eslatma: Ushbu ma'lumotlar rasmiy UNESCO manbalaridan olingan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.