AQSHda bepul o‘qish: 15 000 dollarlik grant dasturi

AQSHning Worcester State universitetida bakalavriatda o‘qish uchun 15 000 dollarlik grant dasturiga qanday hujjat topshirish kerak? Batafsil ma’lumotlar.

5
AQSHda bepul o‘qish: 15 000 dollarlik grant dasturi

AQSHda ta’lim: Worcester State universitetida grant dasturi

AQSHda bakalavriat bosqichida tahsil olishni istagan xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyat! Worcester State universiteti xalqaro abituriyentlar uchun 15 000 AQSh dollarigacha bo‘lgan grant dasturini e’lon qildi.

Worcester State universiteti haqida

Worcester State University — Massachusets shtatidagi nufuzli davlat universitetlaridan biri. Universitet liberal san’at va fanlar bo‘yicha keng qamrovli o‘quv dasturlarini taklif etadi. Agar siz abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlar izlayotgan bo‘lsangiz, ushbu universitet siz uchun ayni muddao.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan International Undergraduate Scholarships dasturi butun dunyo talabalari uchun ochiq.

Grant shartlari va ariza topshirish

Grant barcha bakalavriat yo‘nalishlari uchun amal qiladi. Nomzodlar avvalo universitetga qabul qilinishi kerak. BU YERDAN ariza topshirishingiz mumkin. Grant uchun alohida ariza shart emas, o‘qishga qabul qilingan talabalar avtomatik tarzda saralanadi.

Zaruriy hujjatlar va talablar

  • Maktab, kollej yoki litsey diplomi va ilovalari;
  • Rezyume;
  • Bank hisobi bayonoti;
  • Tavsiyanoma xati.

Asosiy talablar: Kamida 2,5 CGPA balli va ingliz tilini bilish darajasi (IELTS 6.0, TOEFL 71 yoki unga tenglashtirilgan testlar). Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun talabalar uchun ajratilgan bo‘limimizni kuzatib boring.

Dasturning moliyaviy foydasi

Tanlangan talabalarga jami 15 000 AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi. Bu summa 8 semestr davomida (har semestrda 1875 AQSh dollaridan) qoplab beriladi.

Batafsil ma’lumot rasmiy saytda

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar