SAT 1200+ ball: Abituriyentlar uchun davlat granti imtiyozi

2026-yildan SAT imtihonidan 1200+ ball olgan abituriyentlar qo’shimcha davlat granti asosida o’qishga qabul qilinadi. Barcha shartlar va tartib bilan tanishing.

211
SAT 1200+ ball: Abituriyentlar uchun davlat granti imtiyozi

SAT 1200+ ball: Davlat granti imkoniyati

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab SAT xalqaro imtihonidan yuqori natija qayd etgan abituriyentlar uchun ajoyib yangilik: 1200 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar qo‘shimcha davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadi. Mazkur tartib Hukumat qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, kirish ballari yo'nalishlar kesimida taqsimotga mos ravishda amalga oshiriladi.

Xalqaro sertifikatlar uchun yangi imtiyozlar

O‘zbekiston oliygohlar tizimiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, 3 ta xalqaro sertifikat egalariga alohida imtiyozlar berildi:

  • A Level (“B” va undan yuqori) — bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul;
  • International Baccalaureate (IB) (32 va undan yuqori ball) — bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul;
  • SAT (1200 ball va undan yuqori) — qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul.

Eslatma: Imtiyozdan foydalanish uchun sertifikat tanlangan bakalavriat yo‘nalishining kirish fanlari bilan mos bo‘lishi shart.

SAT sertifikatlarini yuborish tartibi

Imtiyozga da’vogar abituriyentlar o‘z sertifikatlarini faqat elektron shaklda, 35787 DI kodi orqali Bilimni baholash agentligiga yuborishlari shart. Skrinshot yoki qo‘lda topshirilgan hujjatlar haqiqiy deb hisoblanmaydi. Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori bilan belgilangan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar