Repetitor va maktab o'qituvchisi o'rtasidagi farqlar
Ta'lim tizimida o'quvchilar ko'pincha maktab darslari bilan bir qatorda repetitor xizmatlaridan ham foydalanishadi. Xo'sh, ularning o'zaro farqi nimada? Quyida asosiy jihatlarni ko'rib chiqamiz.
Ta'lim jarayonidagi farqlar
- Tayyorlov darajasi: Repetitor odatda tayyor o'quvchi bilan ishlaydi, maktab o'qituvchisi esa o'quvchini asosiy bazaviy bilimlarga tayyorlaydi.
- To'lov tizimi: Repetitor xizmati pullik, maktab ta'limi esa davlat tomonidan bepul taqdim etiladi.
- Guruh hajmi: Repetitorlar 10-15 nafar o'quvchi bilan samarali ishlasa, maktab sinflarida 30-35 nafargacha o'quvchi bo'ladi.
- Dastur va standartlar: Maktab o'qituvchisi qat'iy davlat ta'lim standarti va o'quv rejasiga amal qiladi, repetitor esa o'zining shaxsiy uslubidan foydalanadi.
- Moslashuvchanlik: Repetitor dars vaqtini va o'quvchilarni bilim darajasiga ko'ra saralash imkoniyatiga ega, maktab o'qituvchisi esa belgilangan tartibda ishlaydi.
Abituriyentlar va o'quvchilar uchun tavsiyalar
Agar siz oliygohlar kirish ballari bilan qiziqayotgan bo'lsangiz, repetitor yordamida chuqurlashtirilgan bilim olishingiz mumkin. Shuningdek, DTM standartidagi test tizimi yordamida o'z bilim darajangizni muntazam tekshirib borish tavsiya etiladi.
Nazorat va javobgarlik
Repetitorlik faoliyati ko'proq aniq maqsadga (masalan, imtihonlarga tayyorgarlik) qaratilgan bo'lib, o'quvchi talabga javob bermasa, repetitor o'quvchini qabul qilmaslik huquqiga ega. Maktab o'qituvchisi esa barcha o'quvchilar bilan majburiy tartibda ishlaydi va o'z faoliyati uchun rahbariyat oldida hisobdor hisoblanadi.
Sizningcha, sifatli ta'lim uchun qaysi biri muhimroq? Fik: maktabmi yoki repetitor? Fikringizni yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.