QS reytingi 2024: Dunyoning eng yaxshi 1000 ta universiteti
Abituriyentlar va xorijda ta'lim olishni rejalashtirayotgan talabalar uchun muhim yangilik! 2024-yil uchun xalqaro e'tirof etilgan QS reytingi bo'yicha dunyoning eng yaxshi 1000 ta oliy ta'lim muassasasi ro'yxati e'lon qilindi.
Nima uchun QS reytingi muhim?
Ushbu reytingdagi universitetlar o'zlarining sifatli ta'lim tizimi, ilmiy salohiyati va xalqaro nufuzi bilan ajralib turadi. Agar siz abituriyentlar uchun xorijiy oliygohlarni tanlayotgan bo'lsangiz, ushbu ma'lumotlar sizga katta yordam beradi.
TOP-500 universiteti bitiruvchilari uchun imtiyozlar
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko'ra, agar nomzod TOP-500 talik ro'yxatda joylashgan universitetlardan birida tahsil olib, keyinchalik O'zbekistonda faoliyat yuritsa, unga har oy 22,5 million so'm miqdorida qo'shimcha ustama to'lanadi. Bu talabalar uchun o'z ustida ishlash va sifatli ta'lim olishga katta motivatsiyadir.
Ro'yxatni yuklab olish
Quyidagi havola orqali 2024-yilgi QS reytingi bilan batafsil tanishishingiz va ro'yxatni yuklab olishingiz mumkin:
📥 Ro‘yxatni yuklab olish uchun quyidagi havolani bosing:
TOP-1000 oliy ta’lim muassasalari – PDF yuklab olish
Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.