2024-yilda chet elda o’qiyotgan o’zbekistonliklar statistikasi

2024-yilda 35,9 ming nafar o’zbekistonlik ta’lim olish uchun xorijga ketdi. Qaysi davlatlar eng ko’p tanlangan? Statistika va tahliliy ma’lumotlar bilan tanishing.

4
2024-yilda chet elda o’qiyotgan o’zbekistonliklar statistikasi

2024-yilda xorijda ta'lim olayotgan o'zbekistonliklar soni qancha?

O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida jami 35,9 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish maqsadida chet elga jo‘nab ketgan. Ushbu ko‘rsatkich yoshlarimizning xalqaro ta’limga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Agar siz ham xorijda yoki mahalliy oliygohlarda o‘qishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, avvalo abituriyentlar uchun mo‘ljallangan foydali ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.

Eng ko‘p tanlangan davlatlar reytingi:

  • Tojikiston – 12,8 ming nafar fuqaro.
  • Rossiya Federasiyasi – 8,6 ming nafar.
  • Qirg‘iz Respublikasi – deyarli 4 ming nafar.
  • Turkiya – 2,7 ming nafar.
  • Koreya Respublikasi – 2,1 ming nafar.
  • Qozog‘iston – 1,6 ming nafar.
  • Buyuk Britaniya – 792 nafar.
  • Xitoy – 767 nafar.
  • AQSH – 576 nafar.
  • Birlashgan Arab Amirliklari – 390 nafar.

Qolgan davlatlar

Yuqorida sanab o‘tilgan davlatlardan tashqari, boshqa xorijiy mamlakatlarga jami 1,6 ming nafar o‘zbekistonlik ta’lim olish uchun borgan.

Manba: Statistika qo‘mitasi rasmiy ma’lumoti

Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Xorijda o‘qish bo‘yicha o‘z fikrlaringizni izoh qoldirish orqali bildiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar