O'zbekistonda 20 ta davlat universiteti yopilishi kutilmoqda
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov “Lolazor” podkastida respublikadagi taʼlim sifati past boʻlgan OTMlar boʻyicha muhim bayonot berdi.
Nima uchun universitetlar yopilmoqda?
Vazirning taʼkidlashicha, davlatga tegishli 20 ta universitetni yopish boʻyicha topshiriq berilgan. Bunga quyidagi omillar sabab qilib koʻrsatildi:
- Bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash koʻrsatkichining oʻta pastligi (5–10 foiz).
- Taʼlim sifatining pastligi va kadrlar yetishmasligi.
- Aksariyat talabalar uchun bu oliygohlar boshqa nufuzli universitetga oliygohlar kirish ballari orqali oʻqishni koʻchirish (perevod) uchun vosita boʻlib qolgan.
Xarajat va samara masalasi
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 111 ta davlat va 67 ta xususiy OTM faoliyat yuritmoqda. Vazirning soʻzlariga koʻra, davlat byudjetidan har bir talaba uchun sarflanayotgan mablagʻ (20 million soʻm) toʻlanayotgan kontrakt pulidan sezilarli darajada koʻp, ammo natija talabga javob bermayapti.
Abituriyentlar va talabalar uchun eng soʻnggi yangiliklar hamda abituriyentlar uchun foydali maʼlumotlarni kuzatib borishni tavsiya etamiz. Yaqin kelajakda ayrim oliygohlar yopilishi hisobiga davlat va xususiy OTMlar soni tenglashishi kutilmoqda.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.