O‘zbekiston universitetlarida yangi rektorlar tayinlandi

Qarshi, Nukus, Qo‘qon va Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalarida yangi rektorlar ish boshladi. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi so‘nggi kadrlar o‘zgarishi.

5
O‘zbekiston universitetlarida yangi rektorlar tayinlandi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida rahbarlar almashdi

Mamlakatimizdagi bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalarida kadrlar yangilandi. Yangi tayinlangan rektorlar o‘z lavozimlariga kirishib, ta’lim sifatini oshirish va universitetlar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni boshlashdi.

Yangi rektorlar tayinlovi bo‘yicha ma’lumotlar

Quyida O‘zbekiston universitetlarida amalga oshirilgan yangi tayinlovlar bilan tanishishingiz mumkin:

  • Sherzod Neʼmatov – Qarshi davlat texnika universiteti rektori. Bungacha u Shahrisabz davlat pedagogika institutida faoliyat yuritgan.
  • Batirbek Kaipbergenov – Nukus davlat texnika universiteti rektori. Ilgari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlagan.
  • Dilnoza Xo’jayeva – Qo‘qon davlat universiteti rektori etib tayinlandi.
  • Bahrom To’laganov – Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Ushbu o‘zgarishlar oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Agar siz oliygohlar kirish ballari bilan qiziqsangiz yoki talabalar uchun foydali ma’lumotlarni izlayotgan bo‘lsangiz, saytimizdagi yangiliklarni kuzatib boring.

Ta’lim sohasidagi so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar