O‘qishni ko‘chirish (perevod): To‘lov qilinadimi?

O‘qishni ko‘chirishda perevod uchun to‘lov qilinadimi? Tashqi va ichki perevoddagi farqlar, super-kontrakt va ariza topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumot.

7
O‘qishni ko‘chirish (perevod): To‘lov qilinadimi?

O‘qishni ko‘chirishda to‘lov tartibi qanday?

Oliy ta'lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish (perevod) jarayonlari bilan bog‘liq muhim yangiliklar va to‘lov shartlari haqida bilib oling.

Perevod turlari va to‘lovlar

O‘qishni ko‘chirish jarayonida ikki xil qoida mavjud bo‘lib, ular ariza topshiriladigan platforma va jarayonga qarab belgilanadi:

  • Tashqi perevod: Xorijiy OTM yoki O‘zbekistondagi nodavlat OTMdan davlat OTMga o‘qishni ko‘chirishda Bilimlarni baholash agentligi (my.uzbmb.uz) orqali ariza beriladi. Bunda test sinovlari o‘tkazilgani sababli 165 ming so‘m miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.
  • Ichki perevod: Bir davlat OTMdan boshqasiga yoki bir OTM ichida ko‘chirishda hech qanday to‘lov qilinmaydi, chunki bu jarayonda test sinovlari o‘tkazilmaydi (transfer.edu.uz).

Muhim eslatmalar

Shuni yodda tutingki, super-kontrakt masalasi faqat “tashqi perevod”da mavjud, “ichki perevod”da esa super-kontrakt tizimi ishlamaydi.

Agar siz oliygohlar kirish ballari bilan qiziqsangiz yoki talabalar uchun foydali maslahatlarni o‘qimoqchi bo‘lsangiz, bizning saytimizdagi ma'lumotlardan foydalanishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar