O‘qishni ko‘chirish (perevod) tartibi: 2024-yilgi qo‘llanma

O‘qishni ko‘chirish (perevod) tartibi 2024-yilda qanday amalga oshiriladi? Davlat va nodavlat OTMlar o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish qoidalari bilan tanishing.

2
O‘qishni ko‘chirish (perevod) tartibi: 2024-yilgi qo‘llanma

O‘qishni ko‘chirish (perevod) tartibi: 2024-yilgi yangiliklar

Oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish jarayoni 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori asosida tartibga solinadi. Quyida ushbu jarayonning asosiy qoidalari keltirilgan.

1. Davlat OTMdan Davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish faqat ikki holatda amalga oshiriladi:

  • Turmush o‘rtog‘iga ko‘chish: Talaba oila qurgan bo‘lsa va turmush o‘rtog‘i yashaydigan hududga ko‘chishni xohlasa.
  • Davlat xizmatchisi ko‘chirilishi: Davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga o‘tkazilsa.

Boshqa hollarda ichki perevodga ruxsat etilmaydi. O‘tish ballari bilan kirish ballari yo'nalishlar kesimida tanishib chiqishingiz mumkin.

2. Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish

Xorijiy yoki nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun quyidagi shartlar amal qiladi:

  • Test yoki ijodiy imtihon: Mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshirilishi shart. Batafsil ma'lumotlar uchun talabalar uchun bo‘limiga o‘ting.
  • Super-kontrakt: Agar o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishni ko‘chirish mumkin.
  • Mos bo‘lmagan yo‘nalishlar: Mos bo‘lmagan yo‘nalishlar uchun bir martalik super-kontrakt to‘lash talab etiladi.

3. Nodavlat va xorijiy OTMlar o‘rtasidagi jarayon

Davlat OTMdan nodavlat OTMga yoki nodavlatdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish jarayoni davlat tomonidan nazorat qilinmaydi. Bu jarayon bevosita o‘sha OTMning ichki qoidalari asosida amalga oshiriladi.

4. OTM ichida yo‘nalish yoki shaklni o‘zgartirish

Bir OTM ichida yo‘nalish, fakultet, ta’lim shakli yoki tilini o‘zgartirish rektor nomiga yozilgan ariza asosida hal qilinadi. Bunda transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz saytlari ishlatilmaydi.

Arizalarni qabul qilish tizimi

  • Transfer.edu.uz: Bir davlat OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun.
  • My.uzbmb.uz: Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish uchun.
  • Rektor nomiga yozma ariza: OTM ichidagi o‘zgarishlar uchun.

Arizalar muddati: 15-iyuldan 5-avgustgacha.

Kerakli hujjatlar:

  • Onlayn ariza;
  • Transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki PDF);
  • Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar