Perevod imtihonidan yiqildingizmi? Super-kontrakt narxlari

Perevod imtihonidan yiqilgan talabalar uchun o’qishni ko’chirishning yangi tartibi va super-kontrakt narxlari bilan ushbu maqolada batafsil tanishing.

2
Perevod imtihonidan yiqildingizmi? Super-kontrakt narxlari

Perevod imtihonidan yiqilganlar uchun o'qishni davom ettirish yo'llari

Bugungi kunda ta'lim sohasidagi eng muhim yangiliklardan biri — o'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmagan talabalarning kelgusidagi harakatlaridir. Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida talablarga javob bermagan bo'lsangiz, o'qishni davom ettirishning ikki xil varianti mavjud.

O'qishni ko'chirishning asosiy variantlari:

  • Hozirgi oliygohda o'qishni davom ettirish.
  • Super-kontrakt asosida o'qishni ko'chirish.

Batafsil ma'lumotlar uchun talabalar uchun ruknimizni kuzatib boring.

Super-kontrakt to'lovlari: Toifalar bo'yicha taqsimot

Super-kontrakt narxlari talaba to'plagan ball va o'tish bali o'rtasidagi farqqa qarab belgilanadi.

1-toifa: O'tish baliga 4,05 ballgacha yetmay qolganlar

Bu toifadagi talabalar uchun to'lov quyidagi shkala asosida hisoblanadi:

  • 1,05 ballgacha yetmay qolganlar – oddiy kontraktning 1,5 barobari;
  • 1,06 balldan 2,05 ballgacha – 2 barobari;
  • 2,06 balldan 3,05 ballgacha – 2,5 barobari;
  • 3,06 balldan 4,05 ballgacha – 3 barobari.

2-toifa: O'tish baliga 4,05 balldan ortiq yetmay qolganlar

Bu toifadagi talabalarga super-kontrakt narxi yo'nalishiga qarab oddiy kontraktning minimum 8 barobaridan 25 barobarigacha belgilanadi.

Muhim eslatma: O'tish baliga 4,05 balldan ortiq yetmay qolgan va 56,7 balldan ko'p ball to'plagan talabalarning super-kontrakt narxi bir xil bo'ladi.

3-toifa: 56,7 balldan kam ball to'plaganlar

Bu toifadagi talabalar uchun super-kontrakt miqdori 2-toifadagilarning to'lovining 2 barobarini tashkil etadi.

Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izoh qoldirish orqali bildiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar