O‘qishni ko‘chirish 2021: Test sinovlari va o‘tish ballari

O‘qishni xorijiy OTMdan O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari, maksimal ballar va barcha oliygohlar uchun belgilangan o‘tish ballari.

3
O‘qishni ko‘chirish 2021: Test sinovlari va o‘tish ballari

O‘qishni ko‘chirish: Test sinovlari sanalari va tartibi

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-24-25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Jarayonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ochiq maydonlarda tashkil etiladi.

Test sinovlari 2 ta smenada o‘tkaziladi: 1-smena 07:00 dan 10:00 gacha, 2-smena 18:00 dan 21:00 gacha davom etadi. Talabgorlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlarni mandat.dtm.uz sayti orqali kuzatishlari mumkin.

Test sinovi ballari va talablar

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkaziladi (jami 60 ta test). Maksimal ball – 189 ball:

  • 1-mutaxassislik fani: har bir to‘g‘ri javob uchun 3,2 ball (jami 96 ball);
  • 2-mutaxassislik fani: har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball (jami 93 ball).

Talabgorlar ruxsatnomani transfer.dtm.uz saytidan yuklab olishlari va belgilangan vaqtdan 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari shart. Talabalar uchun barcha yangiliklarni kuzatib borish muhim.

Xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish o‘tish ballari

Quyidagi o‘tish ballari belgilangan:

  • TDYU — 105,84 ball;
  • Tibbiyot OTMlari — 100 ball;
  • TATU — 80 ball;
  • OTM vazirligi tizimidagi OTM — 66,1 ball.

Eslatma: Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi, ularda test sinovlari bo‘lmaydi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar