Pedagoglar uchun muhim ogohlantirish: Attestatsiya to‘lovlari
O‘qituvchilar va pedagog kadrlar uchun attestatsiyaga hujjat topshirishda e’tiborli bo‘lish juda muhim. Hukumatning 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, ayrim hollarda attestatsiya uchun to‘langan yig‘im pullari qaytarilmaydi.
Agar siz pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsangiz, quyidagi qoidalarni yodda tuting:
Qaysi holatlarda to‘langan pul qaytarilmaydi?
Nizomning 25-bandiga asosan, quyidagi vaziyatlarda attestatsiya jarayoni to‘xtatiladi va to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi:
- Attestatsiyadan voz kechganlik;
- Amaldagi malaka toifasini himoya qila olmaganlik;
- Attestatsiyadan o‘ta olmaganlik;
- Noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganda;
- Navbatdan tashqari hujjat topshirib, aslida navbatdagi (majburiy) attestatsiyada qatnashishi kerak bo‘lgan pedagoglar.
Xatolarning oldini olish uchun tavsiyalar
To‘lov qilishdan oldin quyidagilarni tekshirish shart:
- Hozirgi attestatsiya siz uchun majburiy (navbatdagi)mi yoki navbatdan tashqarimi?
- Sertifikatingiz muddatini aniqlang, aks holda arizangiz rad etilishi mumkin.
- Doimo milliy sertifikat sanalari va rasmiy manbalar orqali aniqlik kiriting.
Eslatma: Agar pedagog kadr uzrli sabablarga ko‘ra (tibbiy sabab, davlat vazifasi, yaqin qarindoshning vafoti va h.k.) attestatsiyaga kela olmasa, attestatsiya boshqa muddatga ko‘chiriladi va yig‘im qaytadan olinmaydi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.