O‘zbekistonda xalq tabobati yo‘nalishi: talabalar soni 800 ga yetadi

O‘zbekistonda xalq tabobati rivojlanib bormoqda. Tibbiyot oliygohlarida ushbu yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar soni 800 nafarga yetkaziladi.

5
O‘zbekistonda xalq tabobati yo‘nalishi: talabalar soni 800 ga yetadi

O‘zbekistonda xalq tabobati va tibbiy ta’lim rivojlanmoqda

Yurtimiz xalq tabobati rivojlanishi uchun beqiyos imkoniyatga ega. Diyorimizdagi 750 dan ortiq dorivor o‘simliklar farmasevtika sanoatida qo‘llashga tavsiya etilgani buning yorqin misoli. Uzoq yillar e’tibordan chetda qolgan ushbu soha bugun yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilmoqda.

Tibbiyot oliygohlarida xalq tabobati yo‘nalishi

Ayni paytda yurtimizning barcha oliy tibbiy ta’lim muassasalarida xalq tabobati yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichida 500 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Kelgusi o‘quv yilida esa ular soni 800 nafarga yetkaziladi. Agar siz ham tibbiyot sohasidagi kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olishni istasangiz, saytimizni kuzatib boring.

Xalq tabobati sohasidagi yangiliklar

  • Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida "Nevrologiya va xalq tabobati" kafedrasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
  • Fitoterapiya, igna bilan davolash, uqalash va girudoterapiya kabi usullar zamonaviy tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilmoqda.
  • Davlat va xususiy shifoxonalarda hijoma, apiterapiya hamda naturopatiya usullari samarali qo‘llanilyapti.

Sohadagi yangiliklar va talabalar uchun foydali ma’lumotlarni doimiy kuzatib borish uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar