O‘zbekistonda onlayn ta’lim: rivojlanish tendensiyalari

O‘zbekistonda masofaviy ta’lim qanday rivojlanmoqda? Dunyo tajribasi va O‘zbekistondagi onlayn ta’limning istiqbollari, imkoniyatlari hamda ekspert tavsiyalari.

3
O‘zbekistonda onlayn ta’lim: rivojlanish tendensiyalari

O‘zbekistonda onlayn ta’limning buguni va kelajagi

Pandemiya davrida tezlashgan masofaviy ta’lim jarayonlari bugun O‘zbekistonda yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari dunyo va O‘zbekistonda onlayn ta’limning holatini tahlil qildi.

Xalqaro tajriba va onlayn ta’lim bozori

AQShda magistratura bosqichidagi talabalarning 22%, bakalavriat bosqichidagilarning esa 11% masofaviy o‘qiydi. Akademik menejerlarning 75% onlayn kurslar natijasi an’anaviy ta’lim bilan bir xil yoki yaxshiroq ekanligini ta’kidlaydi. Shuningdek, talabalar uchun yaratilgan bu imkoniyatlar orqali yashash joyidan qat’i nazar, nufuzli universitetlarda o‘qish mumkin.

O‘zbekistonda masofaviy ta’limni joriy etish

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalariga masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashga ruxsat berildi. Bu jarayon kirish ballari yo'nalishlar kesimida o‘rganilayotgan bo‘lib, kelgusida ta’lim qamrovini oshirishga xizmat qiladi.

Onlayn ta’limning afzalliklari

  • Ayollarning mehnat bozoridagi ishtirokini oshiradi;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ta’lim olishda teng imkoniyat yaratadi;
  • Oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kengaytiradi.

Ekspertlar tavsiyalari

Mutaxassislar samarali kampus tarmog‘ini yaratish, gibrid ta’lim shaklini joriy etish hamda ma’ruzalarni onlayn, amaliy seminarlarni esa an’anaviy shaklda o‘tkazishni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, masofaviy ta’limga kirishda ayollar uchun qo‘shimcha imtiyozlar ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar