O‘zbekistonda Germaniya temir yo‘llari uchun mutaxassislar tayyorlanadi

O‘zbekistonda Germaniya temir yo‘llari (Deutsche Bahn) uchun mutaxassislar tayyorlash boshlanmoqda. Kasb va til o‘rganib, Germaniyada ishlash imkoniyatiga ega bo‘ling.

5
O‘zbekistonda Germaniya temir yo‘llari uchun mutaxassislar tayyorlanadi

O‘zbekistonda Germaniya temir yo‘llari uchun mutaxassislar tayyorlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Germaniyaning nufuzli “DB Engineering Consulting Operations Group” kompaniyasi o‘rtasida strategik shartnoma imzolandi. Ushbu hamkorlik doirasida o‘zbekistonlik yoshlar uchun Germaniya temir yo‘l tizimida ishlash imkoniyati yaratilmoqda.

Deutsche Bahn haqida ma'lumot

“Deutsche Bahn” – Germaniyaning asosiy temir yo‘l operatori bo‘lib, 100% davlat ishtirokidagi yirik aksiyadorlik jamiyatidir. Kompaniyaning umumiy aylanma kapitali 76 mlrd 303 million yevroni tashkil etadi.

Qanday qilib Germaniyada ishlash mumkin?

Endilikda transport va muhandislik sohalarida faoliyat yuritish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz nemis standartlari asosida o‘qitiladi. O‘quv jarayonlari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Transport vazirliklari qoshidagi kasbiy taʼlim muassasalarida olib boriladi.

  • Nemis tili bo‘yicha intensiv kurslar;
  • Zamonaviy temir yo‘l, avtobus va metropoliten tizimi bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik;
  • Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib, o‘z sohangizni to‘g‘ri tanlang;
  • Talaba va bitiruvchilar uchun xalqaro standartlarga mos kasbiy ko‘nikmalarni egallash imkoniyati.
“Germaniya temir yo‘l transporti, avtobus, metropoliten tizimi uchun mutaxassislarga ehtiyojimiz baland va ularni nemis standartlari asosida O‘zbekistonda o‘qitib, kasb va til imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni “Deutsche Bahn” tarmog‘iga ishga joylashtirishga tayyormiz”, – dedi Niko Varbanoff.

Ushbu dastur doirasida muvaffaqiyatli o‘qigan nomzodlar Germaniyada ish o‘rniga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar