El-yurt umidi stipendiyasi: Xorijda ta'lim olish imkoniyati
2025-yil 5-maydagi PF-77-sonli Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda yangi “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etildi. Ushbu dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida xorijiy nufuzli universitetlarda o‘qishni rejalashtirayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Agar siz xorijiy oliygohlar bilan bir qatorda mahalliy oliygohlar kirish ballari bilan qiziqsangiz, bizning ma'lumotlar bazamizni ko'zdan kechirishingiz mumkin.
Tanlov jarayoni va baholash mezonlari
Stipendiya g‘oliblari ochiq tanlov asosida saralanadi. Nomzodlar quyidagi bosqichlardan o‘tishlari kerak:
- Test sinovlari;
- Suhbat jarayoni.
Baholashda nomzodning intellektual salohiyati, tahlil qilish va kreativlik qobiliyati hamda psixologik barqarorligi asosiy mezonlar hisoblanadi. Abituriyentlar uchun mo‘ljallangan ushbu imkoniyat kelajakda yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishish uchun zamin yaratadi.
Xalqaro reytingdagi imtiyozlar
Xorijiy universitetlar reytingiga ko‘ra imtiyozlar quyidagicha taqsimlanadi:
- TOP-100 talik: OTMga to‘liq grant asosida qabul qilinganlarning barcha ta’lim xarajatlari qoplanadi.
- TOP-300 talik: Xalqaro transport va turarjoy xarajatlari qoplanadi.
- TOP-20 talik: Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilariga 50% va undan yuqori grant yutib olgan taqdirda stipendiya tanlovsiz beriladi.
Dasturning ahamiyati
Ushbu stipendiya tizimi yoshlarning xalqaro ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirib, mamlakatimizning ilmiy salohiyati va raqobatbardosh kadrlar zaxirasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.