O‘zbekiston taʼlim tizimi: islohotmi yoki tajriba maydoni?

O‘zbekiston taʼlim tizimidagi yangi islohotlar qanchalik samarali? “Ilg‘or xorijiy tajriba” niqobi ostidagi o‘zgarishlar va ularning haqiqiy natijalarini tahlil qilamiz.

3
O‘zbekiston taʼlim tizimi: islohotmi yoki tajriba maydoni?

O‘zbekiston taʼlim tizimi: islohotmi yoki tajriba maydoni?

Taʼlim sohasidagi so‘nggi tashabbuslar va davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini tahlil qilamiz. Chinovniklarimiz tez-tez tilga oladigan "ilg‘or xorijiy tajriba" tushunchasi ortida nimalar yashiringan?

Ikkita xorijiy til va kasb-hunar o‘rgatish amaliyoti

2023-yil 1-sentyabrdan har bir tuman va shahardagi bittadan maktabda o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish ko‘zda tutilgan. Biroq, til o‘rganish uchun zarur bo‘lgan 530-680 o‘quv soati qayerdan olinadi? Mavjud maktab darsliklari va o‘quv yuklamalari fonida bu qanchalik real?

Kasb-hunar ta’limi va tizimli yondashuv

Kasb-hunarga o‘rgatish – bu tizimli jarayon. Haftada bir kun ustaxonaga chiqish bilan sifatli kadr tayyorlab bo‘lmaydi. Biz bu borada pedagog kadrlar attestatsiyasi va sifat nazorati masalalarini chuqurroq o‘rganishimiz kerak.

Ta’lim dasturlari va "Milliy o‘quv dasturi" taqdiri

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab yangi ta’lim dasturlarini joriy etish rejalashtirilgan. Savol tug‘iladi: oldingi yillarda qabul qilingan "Milliy o‘quv dasturi" nima bo‘ladi? Har ikki-uch yilda dasturlarni almashtirish xalqaro donorlar oldidagi obro‘yimizga qanday ta’sir qiladi?

Bepul ovqatlanish va haqiqiy holat

Boshlang‘ich sinflar uchun bepul ovqatlanish tashabbusi ijobiy, biroq 4700 so‘mlik byudjet bilan xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli ovqatlanishni tashkil etish qanchalik mumkin? Bu savollar ochiqligicha qolmoqda.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar