O‘zbekiston maktablari uchun 20 million AQSH dollari miqdoridagi grant ajratildi. Unga ko‘ra, mamlakatdagi 10 mingdan ortiq maktab Canva for Education platformasidan 3 yil davomida bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova ma'lum qilishicha, ushbu imkoniyat Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Canva kompaniyasi o‘rtasida imzolangan grant kelishuvi doirasida taqdim etiladi.
Grant doirasida nimalar taqdim etiladi?
Reklama
Imzolangan kelishuvga muvofiq:
- 10 mingdan ortiq maktab Canva for Education platformasidan foydalanadi;
- foydalanish muddati 3 yilni tashkil etadi;
- grantning umumiy qiymati 20 million AQSH dollarini tashkil qiladi.
Canva for Education nima?
Canva — Avstraliyada tashkil etilgan va bugungi kunda dunyoning 190 dan ortiq mamlakatida foydalanilayotgan mashhur vizual dizayn platformasi.
Uning ta'lim uchun ishlab chiqilgan Canva for Education talqini o‘qituvchilar va o‘quvchilarga taqdimot, infografika hamda boshqa o‘quv materiallarini yaratish uchun minglab tayyor shablonlarni taklif etadi.
Platforma o‘quvchilarga qanday imkoniyatlar beradi?
Canva for Education orqali o‘quvchilar:
- kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishi;
- taqdimot va infografikalarni professional darajada tayyorlashi;
- sun'iy intellekt vositalari yordamida o‘quv materiallarini tez va sifatli yaratishi;
- guruh bo‘lib bir vaqtning o‘zida onlayn ishlashi;
- raqamli savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkin.
InfoEdu.uz tahliliga ko‘ra, ushbu grant maktablarda zamonaviy raqamli ta'lim vositalaridan foydalanishni kengaytirish hamda o‘quvchilarning kreativ va raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.














Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.