OTMga kirish ballari oshirilmoqda: 2025-yil uchun yangi tartib

Oliy ta’lim vazirligi OTMlarga kirish uchun minimal o‘tish ballari bosqichma-bosqich oshirilishini ma’lum qildi. Yangi o‘tish ballari bilan tanishing.

12
OTMga kirish ballari oshirilmoqda: 2025-yil uchun yangi tartib

OTMga kirishda minimal o‘tish ballari oshiriladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan ta’lim tizimidagi muhim o‘zgarishlar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha minimal o‘tish ballari bosqichma-bosqich oshiriladi. Bu oliygohlar kirish ballari tizimida sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan.

Joriy va kelasi yil uchun o‘tish ballari

Abituriyentlar uchun tayyorgarlik jarayonida kirish ballari yo'nalishlar kesimida o‘zgarishlarni inobatga olishlari tavsiya etiladi. Quyida yangilangan ma’lumotlar keltirilgan:

2024-2025 o‘quv yili uchun o‘tish ballari:

  • Sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv: 75,6 ball
  • Boshqa yo‘nalishlar: 66,5 ball

2025-2026 o‘quv yili uchun o‘tish ballari:

  • Sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv: 94,5 ball
  • Boshqa yo‘nalishlar: 75,6 ball

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtgacha minimal o‘tish bali barcha yo‘nalishlar uchun 56,7 ball etib belgilangan edi. Ushbu ma’lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar