O‘qishni ko‘chirish (perevod): O‘tish ballari qanday bo‘ladi?

O‘qishni davlat OTMga ko‘chirish (perevod) uchun o‘tish ballari qanday belgilanadi? O‘tgan yilgi ma’lumotlar va bu yilgi kutilmalar bilan ushbu maqolada tanishing.

4
O‘qishni ko‘chirish (perevod): O‘tish ballari qanday bo‘ladi?

O‘qishni ko‘chirish (perevod): O‘tish ballari qanday belgilanadi?

Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirishni rejalashtirgan abituriyentlar va talabalar uchun eng ko‘p beriladigan savollardan biri bu — o‘tish ballari masalasidir.

Perevod uchun o‘tish ballari: nimalarni bilish kerak?

Hozirgi kunda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha aniq o‘tish ballari e’lon qilinmagan. Shuni yodda tutish kerakki, xorijiy yoki xususiy OTMdan davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun talabgorlar maxsus test sinovlarida ishtirok etishlari shart va ular uchun belgilangan o‘tish ballari amal qiladi.

O‘tgan yilgi statistika va tahlil

O‘tgan yilgi natijalarga ko'ra, yo'nalishlar kesimida ballar quyidagicha taqsimlangandi:

  • Eng yuqori o‘tish balli: Huquq yo‘nalishi — 140 ball.
  • Eng past o‘tish balli: Veterinariya yo‘nalishi — 60 ball.

Bu yilgi o‘tish ballari ham o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan keskin farq qilmasligi kutilmoqda. O‘zingiz qiziqqan yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma'lumot olish uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma'lumotlar

O‘qishni ko‘chirish va ta'lim jarayonlari bilan bog‘liq barcha yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun talabalar uchun ajratilgan bo‘limimizni kuzatib boring. Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar