O‘qishni ko‘chirish va tiklash: Onlayn ariza topshirish tartibi
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish yoki tiklash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun arizalar onlayn tarzda qabul qilinmoqda. Jarayon davomida ko‘plab arizalar xatoliklar sababli qaytarilayotgani kuzatilmoqda.
Hujjatlar nima uchun rad etilmoqda?
Arizalarning ko‘pchiligi quyidagi sabablarga ko‘ra qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun qaytarilmoqda:
- Pasport nusxasi (doimiy yashash manzili qayd etilgan beti bilan birga) to‘liq yoki sifatsiz yuklangan.
- Akademik ma’lumotnoma, reyting daftarchasi yoki transkript nusxasi to‘liq emas.
- OTM yoki ta’lim yo‘nalishi nomi noto‘g‘ri kiritilgan.
- Mavjud bo‘lmagan ta’lim shakliga ariza topshirilgan.
O‘z arizangiz holatini talabalar uchun ajratilgan bo‘limdan yoki shaxsiy kabinetingiz orqali kuzatib boring. Agar arizangiz rad etilgan bo‘lsa, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf eting.
Muhim eslatma
O‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati belgilangan. Shuningdek, kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish ham foydali bo'lishi mumkin. Ta'lim tizimidagi yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.