Davlat OTMlariga kirish imtiyozlari: Yagona reestr tasdiqlandi
Oliy ta'lim muassasalariga kirish istagida bo'lgan abituriyentlar uchun muhim yangilik: Davlat qabul komissiyasining qarori bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REESTRI” tasdiqlandi. Ushbu hujjat abituriyentlarga taqdim etiladigan barcha imtiyozlarni tizimlashtiradi.
Imtiyozlar reestri haqida nimalarni bilish kerak?
Yagona reestrdan jami 41 ta imtiyoz turi o'rin olgan bo'lib, ular abituriyentlarning kirish ballari yo'nalishlar kesimida o'z o'rnini topishiga yordam beradi. Imtiyozlar quyidagi toifalarga ajratilgan:
- Imtihonsiz qo'shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish (15 ta);
- Imtihonsiz bazaviy to'lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish (4 ta);
- Tegishli fan bo'yicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish (5 ta);
- To'plangan ballga nisbatan qo'shimcha ball berish (2 ta);
- Qo'shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish (12 ta);
- Boshqa turdagi qo'shimcha imtiyozlar (3 ta).
Abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar
Ushbu reestrda nafaqat imtiyozlar turi, balki ularni berishga mas'ul vazirliklar, abituriyentlar toifasi va huquqiy asos bo'luvchi normativ hujjatlar aniq ko'rsatib o'tilgan. Abituriyentlar uchun mo'ljallangan ushbu yangilik kirish imtihonlariga tayyorgarlik jarayonida shaffoflikni ta'minlaydi.
















Bu yangilik sizga qanday ta'sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.