O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari reytingi: Eng yaxshi OTMlar

O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalarining yangi reytingi eʼlon qilindi. Eng yuqori va quyi natija qayd etgan universitetlar ro‘yxati bilan batafsil tanishing.

3
O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari reytingi: Eng yaxshi OTMlar

O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari reytingi e'lon qilindi

Abituriyentlar va talabalar uchun muhim yangilik! Oliy taʼlim muassasalarining (OTM) faoliyat samaradorligini baholovchi yangi reyting natijalari ma'lum bo‘ldi. Agar siz o‘zingizni qiziqtirgan oliygohlar kirish ballari bilan yaqindan tanishmoqchi bo‘lsangiz, ushbu ma'lumotlar sizga tanlovda asqotadi.

Eng yuqori natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari

Reyting natijalariga ko‘ra, ta’lim sifati va ilmiy salohiyati bo‘yicha quyidagi universitetlar yetakchilik qilmoqda:

  1. TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti
  2. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
  3. Namangan muhandislik-texnologiya instituti
  4. Buxoro davlat tibbiyot instituti
  5. Farg‘ona politexnika instituti
  6. Namangan muhandislik-qurilish instituti
  7. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
  8. Toshkent tibbiyot akademiyasi
  9. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
  10. Toshkent moliya instituti

Reytingda quyi o‘rinlarni egallagan ta’lim muassasalari

Ayrim oliygohlar reytingda quyi o‘rinlarni qayd etdi. Shuni ta’kidlash kerakki, ro‘yxatdagi ayrim muassasalar yaqinda tashkil etilgan bo‘lib, ularning rivojlanish salohiyati kelgusi yillarda o‘sishi kutilmoqda. Barcha abituriyentlar uchun ushbu statistik ma'lumotlar muhim ahamiyat kasb etadi:

  • Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti*
  • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
  • Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
  • Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti*
  • Andijon davlat chet tillari instituti*

*Yangi tashkil etilgan ta’lim muassasalari

Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar