Qisqacha mazmun:
Assalom alaykum.
Nodavlat universitetlar boshqa viloyatda filial ochadigan bo'lsa, o'sha manzil uchun ham litsenziya olishi kerakmi?
Har bir nodavlat oliy taʼlim tashkiloti litsenziyasida faoliyat manzili aniq ko'rsatilgan bo'ladi va oliygoh faqatgina mazkur manzilda taʼlim xizmatlarini ko'rsatish huquqiga ega ekanligini bildiradi.
Assalom alaykum. Qoraqalpog'istonda yangi ochilgan nodavlat oliy taʼlim tashkilotining Samarqandda filiali ochilgani haqidagi eʼlonni ko'rib qoldim. Men ko'rgan litsenziyada Qoraqalpog'istondagi manzil yozilgan. Nodavlat universitetlar boshqa viloyatda filial ochadigan bo'lsa, o'sha manzil uchun ham litsenziya olishi kerakmi?
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qarori bilan nodavlat oliy taʼlim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha litsenziya talablari va shartlari tasdiqlangan.
Har bir nodavlat oliy taʼlim tashkiloti litsenziyasida faoliyat manzili aniq ko'rsatilgan bo'ladi va oliygoh faqatgina mazkur manzilda taʼlim xizmatlarini ko'rsatish huquqiga ega ekanligini bildiradi.
Litsenziyada faoliyat manzili aniq ko'rsatib o'tilishining sababi litsenziya berishdan avval aynan ushbu manzildagi bino va hududning qarorda belgilangan talab va shartlarga muvofiqligi o'rganib chiqiladi. Qonuniy filiali mavjud universitetlarning litsenziyasida filial manzili ham ko'rsatib o'tilgan bo'ladi.
Ayrim nodavlat oliygohlar fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida boshqa viloyatda ham qabul ofislari faoliyatini yo'lga qo'yishi mumkin. Biroq bu holat universitet o'sha viloyatda ham o'qitadi, degan maʼnoni anglatmaydi.
Agar qaysidir nodavlat universitetning vakillari Sizga boshqa manzilda filiali borligini maʼlum qilsa, litsenziyadagi faoliyat manzili qismida o'sha manzil ham ko'rsatib o'tilganligini tekshirib ko'ring.
Batafsil ma'lumot uchun oliygoh.uz saytiga tashrif buyuring.























Javoblar (0 )